Kompaniya haqida
DISS Distribution — Namangan viloyatida oziq-ovqat va ichimliklar
bozorida yetakchi ta’minot va distribusiya kompaniyasi. 2010 yildan
buyon biz mijozlarimizga sifatli mahsulotlarni tezkor, ishonchli va
raqobatbardosh narxlarda yetkazib berib kelmoqdamiz.
100+ nafar malakali xodimdan iborat jamoamiz — managerlar,
supervayzerlar, savdo agentlari, ekspeditorlar va boshqa
mutaxassislardan tashkil topgan bo‘lib, ular mijozlarimizga eng
yuqori darajadagi xizmatni taqdim etishadi.
Bizning faoliyat yo‘nalishlarimiz
Biz Sayhun Water, Biolife, Tibet Water,
Asia Fruit, Lal Anaar, Bisyor sneklari,
Imfam makaron, Imfam Water, Godzilla Energy Taste,
Lakuba Moxito, TR Energy, Берёзовий сок kabi
mashhur brendlarning rasmiy distributori hisoblanamiz.
Mahsulotlarimiz Namangan viloyatidagi do‘konlar, supermarketlar va
umumiy ovqatlanish korxonalariga muntazam yetkazib beriladi.
Texnologiya va logistika
Kompaniyamiz barcha savdo va logistika jarayonlarini SmartUp dasturi
orqali avtomatlashtirgan bo‘lib, bu bizga mahsulot aylanmasini,
ombor zaxiralarini va mijoz buyurtmalarini aniq boshqarish imkonini
beradi.
Sklad infratuzilmasi
Namanganda joylashgan 4 200 m² maydonga ega zamonaviy omborlarimiz
xalqaro standartlarga mos tarzda jihozlangan. Mahsulotlar
xavfsizligi, sifatini saqlash va tezkor yuklash-tushirish
jarayonlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Bizning ustunliklarimiz
15 yillik bozor tajribasi
Keng assortiment va ishonchli brendlar
Tezkor va aniq yetkazib berish tizimi
Texnologiyalarga asoslangan boshqaruv
Hamkorlar bilan shaffof va barqaror aloqalar
Kelajak rejalari
Biz xalqaro hamkorliklarni kengaytirish, yangi strategik
mahsulotlarni bozorga olib kirish va xizmat sifatini yanada oshirish
orqali Namangan viloyatidagi distribusiya bozorida o‘z yetakchilik
mavqeimizni mustahkamlashni maqsad qilganmiz.
DISS Distribution — ishonchli hamkorlik, sifatli mahsulot va
barqaror yetkazib berish kafolati.
Bog'lanish uchun ma'lumot
Bizning joylashuvimiz
Namangan shaxri, Bobur kochasiTelefon:
savdo bo'limi
+998 (93) 055 01 27